«avtobus ishtirokidagi yth» tegli maqolalar


Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi
16 aprel 2024, 09:28

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi

Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ariqqa tushib ketdi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi
13 aprel 2024, 11:32

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi

Jizzaxda Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rt kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi jarohatlandi.

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida
27 mart 2024, 10:10

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida

Buxoro viloyati teatriga ketayotib YTHga uchragan maktab o‘quvchilari avtobus haydovchisidan tezlikni oshirmaslikni bir necha bor so‘ragan. YTH oqibatida bir o‘quvchi voqea joyida, bir qiz esa shifoxonada vafot etgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolalar nima bo‘lganini eslarkan, kuchli stressni boshdan kechirgan.

Buxoroda mansabdor shaxslar bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan — Bosh prokuratura
19 mart 2024, 21:05

Buxoroda mansabdor shaxslar bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan — Bosh prokuratura

Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar bolalarni avtobusda tashish va hamrohlik qilishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. Holat yuzasidan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. YTHda ikki o‘quvchi va haydovchi halok bo‘lgandi.

Kogonda avtobus ishtirokidagi YTHda jarohat olgan yana bir maktab o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi
19 mart 2024, 20:24

Kogonda avtobus ishtirokidagi YTHda jarohat olgan yana bir maktab o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Buxoro viloyati Kogon tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan yana bir o‘quvchi vafot etdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari shifoxonaga borib, o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Buxoroda ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, bir o‘quvchi vafot etdi
18 mart 2024, 15:13

Buxoroda ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, bir o‘quvchi vafot etdi

Kogon tumanida ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir o‘quvchi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 25 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar avtobusda teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Toshkentda “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashgan Tracker haydovchisi halok bo‘ldi
29 fevral 2024, 10:07

Toshkentda “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashgan Tracker haydovchisi halok bo‘ldi

Payshanba kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda (197 km/soat) harakatlangan Tracker “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani aytilmoqda.

Toshkentda 69-yo‘nalishdagi ikki avtobus va Cobalt o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi
20 fevral 2024, 15:12

Toshkentda 69-yo‘nalishdagi ikki avtobus va Cobalt o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida 69-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib Cobalt bilan, so‘ngra boshqa bir avtobus bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida yo‘lovchilar biri jarohat oldi.

Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH bo‘ldi
14 fevral 2024, 16:44

Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH bo‘ldi

Yunusobod tumanida Cobalt 89-sonli elektrobusga to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda, deya qayd etdi “Toshshahartransxizmat”.

Toshkentda yana ikki avtobus to‘qnashdi
9 fevral 2024, 11:43

Toshkentda yana ikki avtobus to‘qnashdi

Chilonzor tumanidagi bekatlarning birida 131-sonli King Long avtobusi va 99-sonli Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTHga haydovchilardan birining yonlama oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi
7 fevral 2024, 15:04

Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi

Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.

Jizzaxda avtobus “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi
7 yanvar 2024, 15:58

Jizzaxda avtobus “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Zomin tumanida avtobus burilayotib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 50 yoshli yo‘lovchi kasalxonada vafot etdi.

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi Matiz bilan to‘qnashdi
7 yanvar 2024, 11:33

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi Matiz bilan to‘qnashdi

Yunusobod tumanida King Long rusumli 93-sonli avtobus Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil texnik shikastlandi, avtobusga zarar yetmadi.

Toshkentda 11 oyda avtobus bilan bog‘liq yuzga yaqin YTH sodir bo‘ldi
18 dekabr 2023, 10:25

Toshkentda 11 oyda avtobus bilan bog‘liq yuzga yaqin YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtda o‘tgan 11 oy davomida avtobuslar ishtiroki bilan bog‘liq 94 ta YTH sodir bo‘ldi. Ulardan 34 tasiga avtobus haydovchilarining o‘zlari sababchi bo‘lgani qayd etildi.

Toshkentda elektrobus muzlamada boshqaruvni yo‘qotib, “stolba”ga urildi
14 dekabr 2023, 10:35

Toshkentda elektrobus muzlamada boshqaruvni yo‘qotib, “stolba”ga urildi

Uchtepa tumanida Yutong rusumli elektrobus yo‘ldagi muzlamada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urildi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 5 yilga qamaldi
7 dekabr 2023, 18:07

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 5 yilga qamaldi

Yakkasaroy tumanida 2023-yil 19-iyulda 51 yoshli piyodani urib ketgan avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, aybdor 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Toshkentda yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, 3 kishi jarohatlandi
29 noyabr 2023, 11:25

Toshkentda yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, 3 kishi jarohatlandi

Chorshanba tongida Yangihayot tumanida 132-sonli avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Dastabki ma’lumotga ko‘ra, YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

Toshkentda elektrobus va avtobus to‘qnashdi
26 noyabr 2023, 10:26

Toshkentda elektrobus va avtobus to‘qnashdi

Yunusobod tumanidagi bekatlarning birida 51-sonli elektrobus va 2M-sonli King Long avtobusi to‘qnashdi. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi va hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani xabar qilindi.

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi
21 noyabr 2023, 11:14

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi

Toshkent shahrida 82-sonli avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi. 47 yoshli yo‘lovchiga tan jarohati olgani sababli voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi
10 noyabr 2023, 14:41

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi

Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting